Jamiyat

Chorvachilikni rivojlantirishda Fransiya tajribasi qo‘llanadi

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillari bilan muloqotida go‘sht va sut mahsulotlarini ko‘paytirish masalasi ham ko‘tarildi.

Qayd etilishicha, kelgusi yilda chetdan 100 ming bosh qoramol va 200 ming bosh qo‘y-echki olib kelinadi. Paxta va g‘alla yo‘nalishidagi fermerlarga o‘z yerida chorvachilikni yo‘lga qo‘yish uchun 20 sotixgacha joyda yengil konstruksiyali bino qurishga ruxsat beriladi. Import qilingan nasldor qoramol va bir kunlik jo‘ja uchun subsidiya ajratish tartibi yana 5 yilga uzaytiriladi.

Chorvachilik loyihalari uchun keyingi yil Jahon banki va Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasidan olib kelingan resurslar hisobidan 157 million dollar yo‘naltiriladi. Ushbu mablag‘lar chorvadorlarga 10 yil muddatga 3 yillik imtiyozli davr bilan 17 foizdan beriladi.

Bunga qo‘shimcha JICAdan 150 million dollar, Osiyo taraqqiyot bankidan 60 million dollar jalb qilinadi. Bu mablag‘larni samarali ishlatib, kelgusi yilda 5 trillion so‘mlik 1 mingta loyihani ishga tushirish, Fransiya tajribasi asosida 167 ta tumanda 340 ta go‘sht va sut yo‘nalishidagi 50-60 boshli kichik chorvachilik xo‘jaliklarini tashkil etish muhimligi qayd etildi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version