Iqtisodiyot
Chorvachilik va yaylov xo‘jaligi agentligi rahbari o‘zgardi
Prezident qarori bilan Orif Aliboyevich Bo‘tayev O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari – Chorvachilik va yaylov xo‘jaligini rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
Bungacha u «Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat banki boshqaruv raisi edi.Bu lavozimga 2020-yil tayinlangandi.
Orif Bo‘tayev 1983-yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. 2006-yilda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetining bakalavriat bosqichini – «Bank ishi», 2012-yilda Bank-moliya akademiyasining magistratura bo‘limini – «Investitsiyalarni boshqarish» mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Shuningdek, «O‘zsanoatqurilishbank» ATB boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.