Mahalliy

Chiroqchida «Nexia-2» yonib ketdi

Published

on


Bugun, 2-iyun kuni Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida «Nexia-2» rusumli avtomobil yonib ketdi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hodisa yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, yong‘in soat 11:57 da ro‘y bergan. Hodisa haqidagi murojaat asosida Chiroqchi tumani FVBning 1 ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi voqea joyiga soat 12:13 da yetib borgan. Qisqa fursatda yong‘in bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatda avtomashinaning old qismi va saloni butunlay yonib ketgan. Hodisada hech kim jabrlanmagan.

Hozirda yong‘in kelib chiqish sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdori o‘rganilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version