Jamiyat

Chiqindidan qarzi bor 152 ming abonentning elektr to‘loviga cheklov qo‘yildi

Published

on


​​​​​​​Chiqindi xizmatidan 87,5 mlrd so‘m qarzdorligi mavjud 873 ming 990 abonent SMS xabarnoma orqali ogohlantirilgan. Shuningdek, mamlakat kesimida 14,8 mlrd so‘m qarzdorligi bor 151 ming 202 nafar abonentlarning elektr energiyasi uchun to‘loviga cheklov o‘rnatilgan.

O‘zbekistonda chiqindi xizmatidan qarzdor 152 mingga yaqin abonentning elektr to‘loviga vaqtincha cheklov o‘rnatildi. Bu haqda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi xabar berdi.

«16 yanvar holatiga, chiqindi xizmatidan 87,5 mlrd so‘m qarzdorligi mavjud 873 990 abonent SMS xabarnoma orqali ogohlantirildi.

Shundan so‘ng, abonentlarga mavjud qarzdorligini bartaraf etish uchun 5 kun muddat berildi va ushbu davrda 7,4 mlrd so‘mlik to‘lovlar amalga oshirildi.

Shuningdek, mamlakat kesimida jami 14,8 mlrd so‘mlik maishiy chiqindi xizmatlaridan qarzdorlikgi mavjud bo‘lgan 151 202 nafar abonentlarning elektr energiyasi uchun to‘loviga cheklov o‘rnatildi», deyiladi agentlik xabarida.

Mazkur cheklov qarzdorlik bartaraf etilishi bilanoq darhol yechiladi.

Eslatib o‘tamiz, chiqindini to‘plash va olib chiqish xizmatlari bo‘yicha to‘lov intizomini kuchaytirishga qaratilgan qonun 2025 yil 7 martda qabul qilingandi. Chiqindi xizmatlaridan qarzdor abonentlarga har oyning 5-sanasigacha «Hududiy elektr tarmoqlari» AJning 2100 qisqa raqami orqali SMS xabarnoma yuboriladi. Ushbu ogohlantirish yuborilganidan keyin 5 kun qarzdorlikni bartaraf etish uchun qo‘shimcha muddat beriladi.

2026 yil 1 yanvardan chiqindilar uchun to‘lovlarni uyma-uy yurib undirish amaliyoti ham to‘xtatildi. 



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version