Jamiyat
Chilonzordagi ayrim ko‘chalarda transport harakati to‘liq cheklanadi
7 avgust kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida joylashgan “Bunyodkor” stadionida konsert bo‘lib o‘tadi.
Poytaxt IIBB YHXB xabariga ko‘ra, shu munosabat bilan Chilonzor tumanining ayrim ko‘chalarida soat 12:00 dan 23:00 ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida avtotransport vositalari harakati to‘liq cheklanadi.
Ko‘chalar ro‘yxati:
Cho‘ponota — Qatortol ko‘chalari chorrahasidan, Cho‘ponota ko‘chasi bo‘ylab, Cho‘ponota va Chilonzor ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha bo‘lgan qismi;
Chilonzor — Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan Chilonzor ko‘chasi bo‘ylab, Chilonzor — KHAY ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha bo‘lgan qismi;
Bunyodkor ikkinchi darajali ko‘chasi: KHAYdan — Cho‘ponota ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.
Haydovchilarga aylanma va yondosh ko‘chalardan harakatlanish tavsiya qilingan.