Jamiyat
Chilonzorda shaxsiy xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘ldi
Chilonzor tumanida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot taqdim etildi.
Kecha, 25 sentabr kuni soat 13:51 da Toshkent shahar, Chilonzor tumani Beshqo‘rg‘on ko‘chasida shaxsiy xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 13:54 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 14:12 da qurshab olindi va soat 14:30 da o‘chirildi.
Vaziyat Toshkent shahar FVB tomonidan to‘liq nazoratga olingan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar to‘g‘risida xabar tushmadi.