Sport

«Chelsi» bosh murabbiy Enso Mareskani iste’foga chiqardi

Published

on


Jamoa oxirgi 9 o‘yinda atigi 2 ta g‘alabaga erishdi.

Angliyaning «Chelsi» futbol klubi bosh murabbiy Enso Mareska bilan xayrlashdi.

«Klubdagi faoliyati davomida Enso Konferensiyalar ligasi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida muvaffaqiyat qozondi. Bu yutuqlar klubning eng yangi tarixining muhim qismi bo‘lib qoladi va biz unga klub rivojiga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildiramiz. Jamoa hali to‘rtta turnirda asosiy maqsadlarga erishishi, jumladan, Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishi kerakligini inobatga olib, Enso va klub o‘zgarishlar jamoaga kerakli yo‘nalishga qaytish uchun eng yaxshi imkoniyatni beradi, deb hisoblamoqda», deyiladi klub bayonotida.

London klubi 19 o‘yindan keyin 30 ochko jamg‘arib, APL turnir jadvalida 5-o‘rinda bormoqda. «Ko‘klar» barcha musobaqalardagi so‘nggi to‘qqizta o‘yinning atigi ikkitasida g‘alaba qozondi.

Enso Mareska – italiyalik futbol murabbiyi va sobiq yarimhimoyachi, 1980 yil 10 fevralda Italiyaning Pontekanano-Fayano shahrida tug‘ilgan. Futbolchilik faoliyati davomida «Yuventus», «Sevilya», «Malaga», «Olimpiakos» va boshqa bir qator klublarda o‘ynagan. Ispaniyada eng katta muvaffaqiyatga erishgan: «Sevilya» bilan ikki marta UYeFA Kubogini qo‘lga kiritgan (2006, 2007). Faoliyatini tugatgandan so‘ng, u «Manchester Siti» akademiyasida murabbiy bo‘lib ishladi va asosiy jamoada Pep Gvardiola shtabiga kirdi. 2023/24-yilgi mavsumda u «Lester Siti»ni Chempionshipda g‘olib qildi va Premiyer-ligaga qaytardi. 2024 yil yozida «Chelsi» bosh murabbiyi bo‘ldi. Uning qo‘l ostida klub Konferensiyalar ligasi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqdi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version