Jamiyat

Chegara orqali olib o‘tilgan 77 kilogrammga yaqin narkotik modda musodara qilindi

Published

on


Davlat xavfsizlik xizmati, Chegara qo‘shinlari hamda bojxona va ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlarida yirik miqdordagi narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

Sirdaryo viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “O‘zbek-tojik” davlat chegarasining Xovos tumani Sharqobod mahallasi hududidan o‘tuvchi qismida tojikistonlik narkokurerlar tomonidan chegara sim to‘siqlari orqali uloqtirilgan 6 dona sumkani qabul qilib olmoqchi bo‘lgan ikki nafar mahalliy fuqaro chegara naryadi tomonidan qo‘lga olindi. 1983 va 1990 yillarda tug‘ilgan mazkur shaxslardan olingan sumkalar xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, ular ichida 8 kilogramm 314 gramm “geroin” va 54 kilogramm 458 gramm “opiy” borligi aniqlandi.

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushbu tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan birida o‘qituvchi bo‘lib ishlovchi, 1984 yilda tug‘ilgan fuqaro muqaddam tojikistonlik narkokurerlar keltirib bergan 14 kilogramm 680 gramm “opiy” moddasini shartli xaridorga 180 ming AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-moddasi 2-qismi hamda 25,273-moddasi 5-qismi bilan, shuningdek 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, ularga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llandi.

Hozirda ushbu jinoyatlarga aloqador boshqa shaxslarni aniqlash va narkokanallarning barham topishi yuzasidan tezkor-qidiruv tadbirlari davom etmoqda.

Fuqarolardan bunday qonunbuzilish holatlariga duch kelganda Davlat xavfsizlik xizmatining 1520 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib xabar berish so‘raldi. Shaxsning maxfiyligi kafolatlanadi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version