Dunyodan

Buyuk Britaniya “Chelsi”ni Ukrainaga sotishdan tushgan mablag’ni taqdim qilmoqchi

Published

on


Britaniya hukumati rossiyalik milliarder Roman Abramovichdan o‘zining “Chelsi” futbol klubining hozirda muzlatib qo‘yilgan sotuvidan olgan 2,5 milliard funt sterlingni Ukrainadagi urush qurbonlari uchun insonparvarlik yordamini moliyalashtirish uchun ishlatishni talab qildi. London, agar bu borada kelishuvga erishilmasa, ishni sud orqali hal qilishga tayyorligini bildirdi.

Buyuk Britaniya bosh vaziri Key Starmer hukumat “har bir tiyin (funtning yuzdan bir qismi) Putinning noqonuniy urushi tufayli hayoti vayron bo‘lganlarga yetib borishini ta’minlash” uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishini aytdi. Britaniya rasmiylari sanktsiyalar ostida qolgan janob Abramovichdan Ukrainaning eng zaif qatlamlariga mablag‘ yo‘naltirish bo‘yicha aniq takliflarni kutmoqda.

Boshqa tomondan, janob Abramovich bu mablag’lar “barcha urush qurbonlari”, shu jumladan rossiyaliklarga yordam berish uchun ishlatilishi kerakligini ta’kidlaydi.

Menejer Roman Abramovich 2022 yilning mart oyida 19 yil davomida egalik qilgan “Chelsi” klubini sotishini malum qilgan edi. Klub amerikalik tadbirkor Todd Bouli boshchiligidagi investorlar guruhiga sotilgan. Shartnoma shartlariga ko’ra, Abramovich klubni sotishdan shaxsiy foyda ko’rmasligi va tushgan mablag’ni xayriya maqsadlarida ishlatishi kerak edi.

U Ukrainadagi urushdan jabr ko‘rganlarni qo‘llab-quvvatlovchi xayriya jamg‘armalariga 2,5 milliard funt sterling berishga va’da berdi. Biroq, Buyuk Britaniya hukumati va Abramovich mablag’lar qanday va kim tomonidan ishlatilishi haqida kelisha olmaganidan keyin mablag’lar hali ham muzlatilgan hisoblarda qolmoqda.

Muammo shundaki, Abramovich ushbu mablag’lar bo’yicha jinoiy javobgarlikka tortilmagan. Shuning uchun Britaniya hukumati pullarini majburan musodara qilish uchun uning roziligi talab qilinadi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version