Jamiyat

Buxoroda xavfsizlik talablariga javob bermaydigan jihozlar sotilayotgani aniqlandi

Published

on


Buxoroda xavfsizlik talablariga javob bermaydigan elektr jihozlari aniqlandi. 

Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining Buxoro viloyati bo‘limi tomonidan shahardagi savdo nuqtalarida sotilayotgan «Ayuba» elektr isitish pechi va «Hot plate» elektr plitasi bo‘yicha nazorat xaridi o‘tkazildi. 

O‘tkazilgan laboratoriya tahlillari natijasida mazkur mahsulotlarning texnik reglament, markirovka va amaldagi standartlar talablariga javob bermasligi aniqlangan. 

Mutaxassislar bunday jihozlardan foydalanish elektr toki urishi, kabelning haddan tashqari qizishi va yong‘in kelib chiqishi kabi xavfli holatlarga sabab bo‘lishi mumkinligini ta’kidlashmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version