Jamiyat

Buxoroda tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi rahbari ushlandi

Published

on


Buxoroda tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi rahbari pora bilan ushlandi. 

Joriy yilda Buxoro viloyatidagi tumanlardan birining sog‘liqni saqlash bo‘limi hamda dori-darmon va tibbiy buyumlar ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi MChJ o‘rtasida 1 mlrd 2 mln so‘mlik shartnoma tuzilib, tibbiy buyumlar xarid qilingan.

Dastlab, umumiy summaning 30 foizi MChJ hisob raqamiga o‘tkazib berilgan. Ammo, tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi mudiri qolgan 70 foiz mablag‘ni ko‘chirib berish hamda kelgusidagi xaridlarni ham ushbu MChJ orqali amalga oshirish evaziga yuqoridagi shartnomada ko‘rsatilgan mahsulotlar umumiy qiymatining 15 foizini, ya’ni 150 mln so‘m miqdorida «ulush» talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda mansabdor shaxs so‘ralgan pul mablag‘i hisobidan 11800 AQSh dollarini o‘zining turmush o‘rtog‘i orqali olgan vaqtida uning noqonuniy harakati fosh bo‘ldi. 

Shuningdek, u joriy yilda tumandagi oilaviy poliklinikalar xodimlari uchun yarmini qaytarish sharti bilan jami 448 mln so‘m miqdorida rag‘batlantirish mablag‘lari ajratib, ushbu summaning 92 mln so‘m qismini qayta yig‘ib olganligi ham aniqlandi.

Holat yuzasidan sog‘liqni saqlash bo‘limi boshlig‘iga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi (pora olish) 2-qismi «b»,«v» bandlari va 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 2-qismi «g» bandi bilan, MChJ vakiliga esa 211-moddaning (pora berish) 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version