Jamiyat

Buxoroda shifokor pichoq bilan o‘zini jarohatlamoqchi bo‘lgan fuqaroni zararsizlantirdi

Published

on


46 yoshli erkak profilaktika inspektori tomonidan mastlik holatini aniqlash maqsadida narkolog xonasiga olib kelingan. Fuqaro stol ustida turgan pichoqni olib, o‘ziga jarohat yetkazmoqchi bo‘lgan.

Buxoro shahrida shifokor pichoq bilan qo‘lini kesmoqchi bo‘lgan mast fuqaroni zararsizlantirdi. Holat xonadagi kameraga muhrlangan.

Kun.uz manbasining ma’lum qilishicha, holat 2 iyul kuni soat 20:00 larda sodir bo‘lgan. Buxoro shahar IIO FMB 3-son hudud profilaktika inspektori tomonidan Buxoro shahrida yashovchi 46 yoshli Bobomurod Navro‘zov Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining narkologiya xizmati bo‘yicha Buxoro viloyati filialidagi mastlik holatini aniqlash xonasiga olib kelingan.

Tibbiy ko‘rik navbatchi narkolog vrach Elbek Dilov tomonidan amalga oshirilgan.

Ko‘rik davomida fuqaro stol ustida turgan pichoqni olib, o‘ziga jarohat yetkazishga uringan. Biroq vrach Elbek Dilov chaqqonlik va sovuqqonlik bilan mast erkak qo‘lidagi pichoqni tortib olgan va uni zararsizlantirgan.

Erkakning harakatlari oqibatida hech kimga jarohat yetmagan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version