Jamiyat

Buxoroda Matiz kanalga tushib ketdi

Published

on


Qutqaruvchilar voqea joyiga yetib borib, mashinani kanaldan chiqarib olishgan. Hodisa oqibatida hech kim jarohatlanmagan.

Buxoro viloyatida haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, kanalga tushib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa kecha kechqurun G‘ijduvon tumanida sodir bo‘lgan. Matiz mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida tumanning Baqqollar mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi Qalqonrud kanaliga qulagan.

Soat 21:40 da hodisa yuzasidan Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga 112 tizimi orqali xabar kelib tushgan. Manzilga yetib borgan qutqaruvchilar maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomobilni kanaldan olib chiqishgan.

Hodisa oqibatida hech kim jarohatlanmagan.

Avvalroq Navoiyda mashinasi qumga botib qolgan haydovchi qutqarilgandi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version