Jamiyat

Buxoroda bir oilaning 4 a’zosi is gazidan vafot etdi

Published

on


Buxoro shahridagi ko‘p qavatli uylardan birida er-xotin va uning ikki voyaga yetmagan qizi o‘lik holda topildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ularning o‘limiga noma’lum etiologik zaharlanish sabab bo‘lgan.

Buxoroda is gazidan zaharlanish bilan bog‘liq ko‘ngilsiz hodisa sodir bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.

Bosh prokuror matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning Kun.uz’ga bildirishicha, holat 2025 yil 23 noyabr kuni Buxoro shahrining Hamza ko‘chasidagi ko‘p qavatli uy xonadonlaridan birida sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida 43 yoshli erkak, 40 yoshli turmush o‘rtog‘i hamda ularning 2 nafar voyaga yetmagan qizi vafot etgan. 

Sudga oid tibbiy ekspert mutaxassislarining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, marhumlarning o‘limiga noma’lum etiologik zaharlanishi oqibatida o‘tkir nafas va yurak-qon tomir faoliyatining yetishmovchiligi sabab bo‘lgan. 

Hozirda holat yuzasidan Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruvi olib borilmoqda.

Avvalroq Andijonda ichki ishlar xodimi va uning voyaga yetmagan qizi is gazidan vafot etgandi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version