Jamiyat
Buxoroda 40 nafar bog‘cha bolalarini olib ketayotgan avtobus haydovchisi mast ekani ma’lum bo‘ldi
Haydovchiga nisbatan MJtKning bir nechta moddalarida nazarda tutilgan qoidabuzarliklar bo‘yicha ma’muriy chora ko‘rildi.
Buxoro viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan Romitan tumanida 40 nafar bog‘cha bolalarini olib ketayotgan avtobus haydovchisining spirtli ichimlik ta’sirida ekani aniqlandi.
Zudlik bilan uning harakati to‘xtatilib, bolalarning xavfsizligi ta’minlandi.
Haydovchiga nisbatan MJtKning bir nechta moddalarida nazarda tutilgan qoidabuzarliklar bo‘yicha ma’muriy chora ko‘rildi.
Avvalroq Andijonda mikroavtobusda 58 nafar bolani tashiyotgan haydovchi aniqlangandi.