Jamiyat

Buxoro shahrida ham avtobuslarda naqd pul qabul qilish to‘xtatiladi

Published

on


1 fevraldan boshlab Buxoro shahridagi bir qator yo‘nalishlarda yo‘lkirani to‘lashda naqd pul qabul qilish to‘xtatiladi. 1 apreldan boshlab esa butun shahar bo‘ylab to‘lovlar faqat elektron tarzda qabul qilinadi.

Foto: Transport vazirligi

Buxoro shahrida ham avtobuslarda yo‘l haqini to‘lashda naqd pulsiz to‘lov tizimi joriy etiladi. Bu haqda viloyat hokimining tegishli qarori qabul qilindi.

Birinchi bosqichda 1 fevraldan quyidagi yo‘nalishlarda yo‘lkirani to‘lashda naqd pul qabul qilish to‘xtatiladi:


2-sonli Buxoro AShB-Sitora bozor;
5-sonli F. Xo‘jayev MFY-To‘qimachi bosh bekati;
 10-sonli Alpomish ko‘chasi-Shayxon MFY;
17B-sonli Chorbakr bosh bekati-aeroport;
19-sonli Karvon bozori-Karvon shopping;
33-sonli trikotaj fabrikasi-Mohi Xosa sanatoriysi;
1-sonli Buxoro AShB-Zarmanoq.

1 apreldan boshlab esa qolgan harakatdagi yo‘nalishlarda ham to‘lovlar faqat elektron tarzda qabul qilinadi.

Buxoro shahar hokimligi 1 oy muddatda shahardagi barcha avtobus bekatlarini elektron chipta sotishning o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatuvchi avtomatlashtirilgan infokiosklarni shahardagi barcha avtobus yo‘nalishlari hamda bekatlariga bosqichma-bosqich o‘rnatish choralarini ko‘rishi kerak.

Ayni paytda shahardagi jamoat transportida yo‘lkira haqi bir yo‘lovchi uchun 3 ming so‘mni tashkil etadi. ATTO orqali to‘langanda bu miqdor 2 ming so‘m.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version