Sport
Butunjahon shaxmat olimpiadasi g‘oliblariga 200 ming dollar beriladi
Butunjahon shaxmat olimpiadasi g‘oliblariga 200 ming dollar beriladi.
«Nufuzli xalqaro shaxmat musobaqalari g‘oliblari va sovrindorlari hamda ularning trenerlarini munosib rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi Prezident qarori (PQ–346-son, 21.09.2026 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, xalqaro nufuzli shaxmat musobaqalarining g‘olib va sovrindorlari bo‘lgan shaxmatchilarimiz hamda ularning trenerlariga beriladigan bir martalik pul mukofotlari miqdorini oshirish belgilandi.
Qaror bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi shaxmatchilari va ularning trenerlariga beriladigan bir martalik pul mukofotlarining miqdorlari yuqorida keltirildi.
Shaxmatchilar va ularning trenerlariga beriladigan bir martalik pul mukofotlari miqdorlari:
Butunjahon shaxmat olimpiadasi va paralimpiadasi (kattalar o‘rtasida):
Oltin medal: Shaxmatchiga — 200 000 $, Murabbiyga — 50 000 $
Kumush medal: Shaxmatchiga — 100 000 $, murabbiyga — 25 000 $
Bronza medal: Shaxmatchiga — 50 000 $, murabbiyga — 12 500 $.
Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) tasnifiga ko‘ra jahon miqyosidagi musobaqalar:
Oltin medal: Shaxmatchiga — 15 000 $ | murabbiyga — 7 000 $
Kumush medal: Shaxmatchiga — 7 500 $ | murabbiyga — 3 500 $
Bronza medal: Shaxmatchiga — 3 750 $ | murabbiyga — 1 750 $.
Murabbiylarga nazarda tutilgan pul mukofoti g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarni oxirgi bir yil davomida tayyorlagan mutaxassislarga beriladi. Bunda ushbu mablag‘lar, tegishli Murabbiylar kengashining qaroriga asosan, sportchini tayyorlashda so‘nggi 4 (to‘rt) yilda ishtirok etgan trener va boshqa mutaxassislar o‘rtasida qayta taqsimlanishi mumkin.