Jamiyat

Burchmulla o‘rmon xo‘jaligida yong‘in chiqdi

Published

on


Bo‘stonliq tumanidagi Burchmulla o‘rmon xo‘jaligida yong‘in chiqdi. Voqea joyida o‘t o‘chirish xodimlari va o‘rmonchilar ishlamoqda.

Bo‘stonliq tumanida sodir bo‘lgan hodisa to‘g‘risida birlamchi ma’lumot taqdim etildi.

Bugun, 31 iyul soat 13:00 da Toshkent viloyati FVBga Bo‘stonliq tumani, «Burchmulla» MFYda joylashgan «Burchmulla» o‘rmon xo‘jaligiga qarashli qir adirlikda quruq o‘t yonayotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Hozirda voqea joyida Toshkent viloyati yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari hamda o‘rmon xo‘jaligi xodimlari yong‘inni bartaraf etish ishlarini olib bormoqda.

Qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi, deyiladi FVV xabarida.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version