Jamiyat
Bunyodkor ko‘chasining ichki dublyori vaqtincha yopiladi
24/7 Bunyodkor yangi sayr-gastro ko‘chasida yirik tadbir o‘tkaziladi.
Foto: Toshkent shahar hokimligi
Shu munosabat bilan ko‘chaning ichki dublyori 12 sentabr soat 07:00 dan 15 sentabr soat 07:00 gacha transport harakati uchun yopiq bo‘ladi.
Bunyodkor ko‘chasining o‘zi hamda ko‘chaning tashqi dublyori yopilmaydi.
Yo‘nalishlarni rejalashtirish chog‘ida ushbu holatni inobatga olish va muqobil harakat yo‘nalishlaridan foydalanish so‘ralgan.