Jamiyat

Bunyodkor ko‘chasining bir qismi vaqtincha yopiladi

Published

on


Bunyodkor ko‘chasining ichki dublyori vaqtincha yopiladi. Bu haqda Toshkent shahri hokimligi xabar berdi. 

24/7 Bunyodkor yangi sayr-gastro ko‘chasida yirik tadbir o‘tkazilishi munosabati bilan ko‘chaning ichki dublyori 12-sentyabr soat 07:00 dan 15-sentyabr soat 07:00 gacha transport harakati uchun yopiq bo‘ladi. 

Bunyodkor ko‘chasining o‘zi hamda ko‘chaning tashqi dublyori yopilmaydi. 

“Yo‘nalishlaringizni rejalashtirish chog‘ida ushbu holatni inobatga olishingizni va muqobil harakat yo‘nalishlaridan foydalanishingizni so‘raymiz. Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va tushunganingiz uchun minnatdormiz”, deyiladi hokimlik xabarida. 



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version