Jamiyat

Bugun yetti hududda yomg‘ir yog‘ishi kutiladi

Published

on


Bugun kunduzi Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.

Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10-15° iliq, shimolda 3-8° iliq bo‘ladi. 

Poytaxtimizda kunning ikkinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 11-13° iliq bo‘ladi. 

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan  yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-7° iliq bo‘ladi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version