Jamiyat

Bugun Prezident yoshlar bilan uchrashib, bir guruh yigit-qizlarga davlat mukofotlarini topshiradi

Published

on


Bugun, Yoshlar kunida Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazadi hamda bir guruh yigit-qizlarga davlat mukofotlarini topshiradi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbirda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, salohiyati va iqtidorini yuzaga chiqarish bo‘yicha yangi tashabbuslar ilgari suriladi, ilhomlantiruvchi misollar, mamlakatning ertangi kunini belgilashga qodir g‘oyalar va yechimlar taqdim etiladi.

Shuningdek, davlatimiz rahbari iqtidorli yoshlar bilan muloqot qilib, ularning innovatsiya, «yashil» iqtisodiyot, kreativ sanoat, tadbirkorlik va IT sohalaridagi ilg‘or ishlanmalari va yutuqlari bilan tanishadi, deyiladi xabarda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version