Jamiyat
Bugun O‘zbekiston bo‘ylab havo 15 darajagacha iliq bo‘ladi
Bugun kunduzi Qoraqalpog‘iston Respublikasida, ertalab Farg‘ona vodiysi viloyatlarida va kechga tomon Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Qolgan hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-15° iliq bo‘ladi.
Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechqurun biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ertalab tuman tushadi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 11-13° iliq bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-8° iliq bo‘ladi.