Sport

Bugun JCh-2026 qur’asi: O‘zbekiston raqiblari aniqlanadi

Published

on


O‘z tarixida ilk bor jahon chempionatiga yo‘llanma olgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun JCh-2026ning guruh bosqichida qaysi raqiblarga qarshi maydonga tushishini bilib oladi. Vashington shahrida o‘tadigan qur’a marosimi Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi.

Bugun, 5 dekabr o‘zbek futboli tarixida yana bir muhim kun. Ilk bor jahon chempionatiga yo‘llanma olgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2026ning guruh bosqichidagi raqiblarini bilib oladi.

Qur’a tashlash marosimi AQShning Vashington shahrida bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da start oladi. Tadbirda O‘zbekiston nomidan Sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati ishtirok etmoqda.

Bu qur’a natijalari terma jamoaning jahon chempionatida qaysi jamoalarga qarshi maydonga tushishi va turnirdagi strategiyasini belgilab olishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. 



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version