Jamiyat

Bugun havo harorati 12-17 daraja iliq bo‘ladi

Published

on


Bugun kunduzi Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Qolgan hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 12-17° iliq bo‘ladi.

Poytaxtimizda ertalab yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 15-17° iliq bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-10° iliq bo‘ladi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version