Iqtisodiyot
budjet tarkibida qaysi soliqlarning ulushi ko‘proq?
2026-yilning I choragida O‘zbekistonda soliq organlari tomonidan davlat budjetiga 63,6 trln so‘m tushum ta’minlandi. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 24 foizga o‘sgan.
Eng katta ulush foyda solig‘i hissasiga to‘g‘ri kelib, 20,4 trln so‘mni tashkil etdi. Ushbu soliq turi umumiy tushumning 32 foizini egallab, yillik o‘sish sur’ati 43 foizga yetgan.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i 12,5 trln so‘m bilan ikkinchi o‘rinda bo‘lib, umumiy tushumdagi ulushi 20 foizni tashkil etdi. Bu yo‘nalishda o‘sish 27 foiz darajasida qayd etildi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i esa 10,7 trln so‘mni tashkil etib, umumiy tushumda 17 foiz ulushga ega bo‘ldi.
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq tushumlari 6 trln so‘mga yetdi. Ushbu ko‘rsatkich umumiy tushumning 9 foizini tashkil etdi va 17 foizlik o‘sish qayd etildi.
Aksiz solig‘i 4,6 trln so‘m bilan 7 foiz ulushni egalladi. Soliqsiz tushumlar, ya’ni dividend, boj, yig‘im va jarimalar 3,3 trln so‘mni tashkil etib, 5 foiz ulushga ega bo‘ldi.
Yer solig‘i 2,8 trln so‘m (4,3 foiz), mol-mulk solig‘i 2,3 trln so‘m (3,6 foiz) darajasida qayd etildi. Aylanmadan olinadigan soliq 0,6 trln so‘m (1 foiz) bo‘ldi.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 0,4 trln so‘mni tashkil etib, ulushi 0,7 foiz bo‘lsa-da, eng yuqori — 82 foizlik o‘sishni ko‘rsatdi.
Raqamlar shuni ko‘rsatmoqdaki, mazkur tushumlarda asosiy ulushni foyda solig‘i va QQS tashkil etmoqda.