Dunyodan

Bu asrning oxirida Yevropa aholisi qancha bo’ladi?

Published

on


Yevropa statistika idorasi (Eurostat) 2025 yildan 2100 yilgacha Yevropa Ittifoqi aholisi 53 million kishiga (11,7 foiz) qisqarishini bashorat qilmoqda.

Yevropa Ittifoqi aholisi 2029 yilga kelib 453,3 million kishigacha o’sishi kutilmoqda, keyin esa 2100 yilga kelib asta-sekin 398,8 million kishiga qisqaradi.

Bu asrning oxiriga kelib, 19 yoshgacha bo‘lgan bolalar va yoshlar salmog‘i 20 foizdan 17 foizga, 64 yoshgacha bo‘lgan mehnatga layoqatli aholi salmog‘i esa 58 foizdan 50 foizga qisqarishi kutilmoqda. Shu bilan birga, 65 yoshdan 79 yoshgacha bo’lgan keksalar ulushi 16 foizdan 17 foizga, 80 va undan katta yoshdagilar ulushi esa 6 foizdan 16 foizga o’sishi kutilmoqda.

Hozirgi vaqtda Yevropa Ittifoqining aholi piramidasi o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi, o‘limning pastligi va tug‘ilishning pastligi bilan ajralib turadi. Aholining asosiy qismini 50 yoshdan oshgan mehnatga layoqatli yoshdagilar tashkil qiladi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version