Jamiyat

Britaniya telekanalida O‘zbekiston haqidagi film premerasi

Published

on


Turizm qo‘mitasi va Strategik islohotlar agentligi tashabbusi bilan «UZBEKISTAN THE GOLDEN ROAD» (O‘zbekiston – oltin yo‘l) nomli hujjatli film yaratildi.

Kartina britaniyalik mashhur olima, yozuvchi va teleboshlovchi Bettany Xyuz tomonidan «TREASURES OF THE WORLD» (Jahon xazinalari) seriali doirasida suratga olingan. Unda mamlakatimiz tarixi va tabiati zamonaviy kinoeffektlar orqali yoritilgan.

Film premerasi bugun, 18 oktyabr kuni London vaqti bilan 19:00 da Britaniyaning «Channel 4» telekanalida bo‘ladi. Film tez kunlarda O‘zbekistonda ham namoyish etish rejalashtirilgan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version