Siyosat

Britaniya kompaniyasi Toshkentda chiqindilarni qayta ishlash zavodi quradi

Published

on


Britaniya kompaniyasi Toshkentda chiqindilarni qayta ishlash zavodini quradi.

Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Abdulaziz Isroylov boshchiligidagi delegatsiya Londonda O‘zbekiston va Buyuk Britaniyaning chiqindilarni qayta ishlash sohasidagi hamkorligiga bag‘ishlangan biznes-forumda ishtirok etdi.

O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasida o‘tkazilgan tadbirda UK Export Finance (UKEF), CDE Group, Kibelco, Fichtner va Operaris kompaniyalari vakillari hamda yirik investorlar ishtirok etdi.

Buyuk Britaniyaning yetakchi chiqindi tozalash uskunalari ishlab chiqaruvchisi CDE Group va Kiverco kompaniyasi O‘zbekistonda rejalashtirilgan loyiha haqida taqdimot qildi. Keyinroq ikki kompaniya Toshkent shahrida chiqindini qayta ishlash zavodi qurish bo‘yicha shartnoma imzoladi.

Xabarda taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston delegatsiyasi Londondagi bir qancha chiqindilarni qayta ishlash inshootlarida ham boʻlib, Buyuk Britaniyaning bu boradagi ilgʻor tajribasini oʻrgangan.

2025-yilda bir vaqtning o‘zida uchta chiqindidan energiya ishlab chiqaruvchi zavod qurilishini boshlash rejalashtirilgan. Ushbu loyihalar Andijonda China International Kamse, Samarqandda Shanghai SUS Environment va Farg‘onada China Everbright International kompaniyalari bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Noyabr oyi oxirida Namanganda chiqindidan energiya ishlab chiqaruvchi zavod qurilishi boshlandi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version