Dunyodan
Britaniya Hormuz bo’g’ozi blokadasiga qo’shilmaydi: Starmer
Buyuk Britaniya bosh vaziri Key Starmer mamlakati Hormuz bo‘g‘ozini yopish bo‘yicha sa’y-harakatlarni birlashtirmasligini tasdiqladi. Bu haqda Guardian gazetasi xabar berdi.
Uning aytishicha, hukumat pozitsiyasi aniq: London bunday harbiy yoki cheklovchi choralarga rozi bo‘lmaydi.
Starmerning so‘zlariga ko‘ra, Hormuz bo‘g‘ozidagi har qanday cheklovlar global energiya bozorlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
“Har safar boʻgʻoz yopilganda yoki navigatsiya cheklansa, neft va gaz bozorga chiqmaydi va narxlar koʻtariladi. Men buni xohlamayman. Energiya narxlari barqarorlashishi va tushishi kerak”, – deydi u.
Bosh vazir, shuningdek, Buyuk Britaniya mintaqadagi minalarni tozalash imkoniyatiga ega ekanligini ta’kidladi va barcha sa’y-harakatlarni diplomatik va siyosiy yo’llar bilan kanalni ochishga qaratish kerakligini aytdi.
Bungacha AQSh Markaziy qoʻmondonligi (CENTCOM) Hormuz boʻgʻozi yopilganini eʼlon qilgan edi. Unda aytilishicha, AQSh harbiylari kemalarning Eron portlariga kirishi va chiqishini cheklaydi, biroq boshqa davlatlardan kelgan kemalarning o‘tishiga to‘siq qo‘yilmaydi.
Mutaxassislarning fikricha, Buyuk Britaniyaning qarorini energiya bozorida barqarorlikni saqlashga qaratilgan chora sifatida baholash mumkin.