Sport

Braziliyalik futbolchi 28 yillik jahon rekordini yangiladi

Published

on


Darvozabon Fabio professional futboldagi o‘yinlar soni bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi.

Foto: Buda Mendes/ Getty Images

Braziliyaning «Fluminense» klubi darvozaboni Fabio professional futbolda eng ko‘p o‘yin o‘tkazish bo‘yicha rekordni yangiladi.

Janubiy Amerika Kubogining 1/8 finalidan o‘rin olgan Kolumbiyaning «Amerika De Kali» jamoasiga qarshi o‘yinda 44 yoshli darvozabon asosiy tarkibda maydonga tushdi. «Fluminense» 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

44 yoshli Fabio uchun bu faoliyatidagi 1391-o‘yin bo‘ldi. Shu tariqa u professional darajada 1390 ta o‘yin o‘tkazgan (1966 yildan 1997 yilgacha) afsonaviy ingliz darvozaboni Piter Shilton rekordini yangiladi. Shilton 49 yoshida nafaqaga chiqqan.

Fabio 1997 yilda «Unian Bandeirante» klubida kattalar futbolida debyut qilgan. 2000 yilda u birinchi marta mamlakat chempioni bo‘ldi – «Vasko da Gama» tarkibida. 2013 va 2014 yillarda «Kruzeyro» bilan yana ikkita chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Faoliyatining ko‘p qismini «Kruzeyro» safida o‘tkazdi – 795 ta o‘yin.

Fabio «Fluminense» safida 2022 yildan buyon ishtirok etmoqda. 2023 yilda u birinchi marta Libertadores Kubogi – Janubiy Amerikaning asosiy klublar turnirida g‘olib chiqdi. 2024 yilda Janubiy Amerika Superkubogini qo‘lga kiritdi.

2010 va 2013 yillarda Braziliya chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.

2004 yilda Fabio Braziliya milliy jamoasi tarkibida Amerika Kubogi sohibiga aylandi, ammo birorta ham o‘yin o‘tkazmadi.

1997 yilda 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqdi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version