Dunyodan
“Boy ota, kambag’al dada” kitobining muallifi pulning kelajagini bashorat qiladi
Mashhur “Boy ota kambag’al dada” kitobi muallifi Robert Kiyosakining so’zlariga ko’ra, kelajakda oltin 27 000 dollargacha (bir untsiya uchun) bo’lishi mumkin.
Biroq, u bashorati qachon amalga oshishini aniq yozmagan.
Birja ma’lumotlariga ko‘ra, 25 yanvar kuni 1 untsiya (28,3 gramm) oltin tarixda birinchi marta 5000 dollardan oshdi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, agar global geosiyosiy vaziyat mavhumlikdan chiqmasa, qimmatbaho metallar qiymati o‘sishda davom etadi. Bu 2025-yilda oltin narxining yanada oshishiga olib kelishi mumkin, chunki AQShning joriy yil boshida Venesuelaga qarshi harakatlari olovga moy qo‘shmoqda.