Jamiyat

Botir Qudratxo‘jayev va Rustam Jo‘rayev yangi lavozimga tayinlandi

Published

on


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni va qaroriga muvofiq, Botir Bahromovich Qudratxo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari – Tezkor-qidiruv departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan u O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimidan ozod etildi.

Shuningdek, Prezidentning tegishli farmoni va qarori bilan Rustam Mirzayevich Jo‘rayev O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. U shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni lavozimidan ozod etildi.

Avvalroq Ichki ishlar vazirining ikki o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgani xabar qilingandi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version