Jamiyat

Bo‘stonliqdagi adirlikda yong‘in chiqdi. Uni qurshab olishga salkam 2 soat vaqt ketdi

Published

on


Yong‘in hududi kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun «Burchmulla» o‘rmon xo‘jaligidan ham yong‘in o‘chirish ishlariga xodimlar jalb qilingan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida ro‘y bergan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 6 iyul soat 16:38 da Bo‘stonliq tumani «Qoranko‘l» MFY qir-adirligida quruq o‘t (shox-shabba) yonayotgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Yong‘in joyiga 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 17:00 da yetib borgan. Yong‘in hududi kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun «Burchmulla» o‘rmon xo‘jaligidan ham yong‘in o‘chirish ishlariga xodimlar jalb qilingan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oradan salkam ikki soat o‘tib, 18:50 da qurshab olingan va soat 19:16 da o‘chirilgan.

«Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q», – deyiladi xabarda.

Avvalroq Taxtaqoracha dovonidagi qir-adirlikda yuzaga kelgan yong‘in o‘chirilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version