Jamiyat

Bo‘stonliqda tog‘da qolib ketgan 3 nafar fuqaroga yordam ko‘rsatildi

Published

on


Toshkent viloyati FVBBga «112» tizimi orqali Bo‘stonliq tumani Chimyon mahallasida joylashgan Qiziljar tog‘ida uch nafar fuqaro sayr qilish uchun chiqqanidan so‘ng yo‘ldan adashib qolgani va tog‘dan tusholmay qolgani haqida xabar kelib tushdi.

Ma’lum qilinishicha, murojaat kelib tushganidan so‘ng vaziyatga aniqlik kiritish hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida Chimyon qutqaruv otryadidan bir guruh qutqaruvchilar tezkor tarzda voqea joyiga yo‘l olgan. Qutqaruvchilar aytib o‘tilgan manzilga yetib borgach, tog‘ hududida yo‘ldan adashgan fuqarolarni topib, ularning xavfsiz hududga tushishlarida amaliy yordam ko‘rsatgan.

Qayd etilishicha, qutqaruv ishlari davomida fuqarolar xavfsiz yo‘nalish bo‘yicha pastga tushirilgan va ularning salomatligiga zarar yetmagan. Hodisa joyida vaziyat nazoratga olingan.

FVV tomonidan fuqarolarga tog‘li hududlarda sayr qilishda ehtiyotkor bo‘lish, marshrutni oldindan rejalashtirish, havo sharoiti va kun botishi vaqtiga e’tibor qaratish, aloqa vositalarini tayyor holda saqlash hamda zarurat tug‘ilganda «112» yoki «101» raqamlari orqali tezkor xizmatlarga murojaat qilish tavsiya etildi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version