Jamiyat
Bo‘stonliqda sayrga chiqqan fuqaro tog‘da yo‘ldan adashib qoldi
Toshkent viloyatida Bo‘stonliq tumani hududida sayrga chiqqan fuqaro tog‘da yo‘ldan adashib qoldi. Xabar asosida FVV qutqaruvchilari qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borib, uni xavfsiz hududga olib tushdi.
Kuni kecha, Toshkent viloyati FVBBga Bo‘stonliq tumani «G‘alabasoy» MFY hududidagi G‘alabasoy tog‘iga bir nafar fuqaro sayr qilish maqsadida chiqqani va yo‘ldan adashib qolgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Murojaatga muvofiq, FVV qutqaruvchilari zudlik bilan hududga yetib borib, qidiruv-qutqaruv ishlarini amalga oshirgan. Natijada fuqaro topilib, tog‘dan xavfsiz hududga olib tushilgan.
Qayd etilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.