Jamiyat

Bo‘stonliqda Li9 yo‘lning xandaq qismiga tushib ketdi

Published

on


Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida noqulay ob-havo sharoitida boshqaruvni yo‘qotgan Li9 rusumli avtomobil yo‘lning xandaq qismiga tushib ketdi. Hodisa joyiga yetib borgan FVV qutqaruvchilari avtomashinani maxsus texnika yordamida xavfsiz hududga olib chiqdi.

Kecha, 19 yanvar kuni soat 17:46 da Toshkent viloyati FVBBga «112» tizimi orqali Bo‘stonliq tumani «Qoronqul» MFY hududidan o‘tgan avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan hodisa haqida xabar kelib tushgan. Ma’lum qilinishicha, Li9 rusumli avtomashina noqulay ob-havo sharoitida harakatlanayotgan vaqtda boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning xandaq qismiga tushib ketgan.

Xabarga asosan, qutqaruvchilar zudlik bilan manzilga yetib borib, maxsus texnika va asbob-uskunalar yordamida avtomashinani xandaqdan chiqarib, xavfsiz hududga olib chiqqan.

Qayd etilishicha, hodisa oqibatida tan-jarohati olganlar yo‘q.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version