Siyosat
Bosh vazir Abdulla Alipov Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan uchrashdi
Siyosat | 11:58
108
2 daqiqa o’qish
17 fevral kuni Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Dushanbega amaliy tashrif bilan kelgan O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Alipovni kutib oldi. Tojikiston prezidenti matbuot xizmati xabar berishicha, uchrashuvda ikki davlat oʻrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilingan.
Foto: Tojikiston prezidenti matbuot bo‘limi
Muloqot chog‘ida ikki tomon ham o‘zaro savdo va sarmoyaviy hamkorlikda kuzatilayotgan ijobiy o‘sishdan mamnunligini bildirdi. Prezident Rahmon ushbu jarayonlarni sanoat ishlab chiqarishi va energetika, transport va logistika, qishloq xo‘jaligi va tomonlarni qiziqtirgan boshqa sohalar kabi bir qancha muhim tarmoqlarda yanada rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar mavjudligini ta’kidladi.
Tomonlar, shuningdek, ikki xalq o‘rtasidagi tarixiy aloqalarning muhim poydevori bo‘lgan madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirish tarafdori ekanini yana bir bor tasdiqladi.
Tojikiston rahbari Dushanbeda navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitasining samarali faoliyatini yuqori baholadi. Komissiya oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish va ikki tomonlama muammolarni hal etishning asosiy mexanizmi bo‘lib qolmoqda.
Tomonlar mintaqaning uzluksiz farovonligini ta’minlash uchun ikki tomonlama masalalarning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha mamlakatlar o‘rtasida konstruktiv va ishonchli muloqotni davom ettirish muhimligini ta’kidladilar.