Dunyodan
Bosforda cho‘kib ketgan rossiyalik sportchining jasadi besh oydan keyin topildi.
Turkiya dengiz politsiyasi Bosfor bo‘g‘ozida noma’lum erkakning jasadini topdi.
Jasad besh oy oldin g‘oyib bo‘lgan rossiyalik suzuvchi Nikolay Svechnikovga tegishli ekanligi aniqlangan. Sportchining onasi Galina Svechnikova uni tatuirovkasi orqali tanidi. Shuningdek, DNK testi o’tkaziladi.
Rossiyalik suzuvchi, sport ustaligiga nomzod, 29 yoshli rossiyalik Nikolay Svechnikov o‘tgan yilning 24 avgust kuni Istanbulning Bosfor bo‘g‘ozida suzish bo‘yicha qit’alararo musobaqada ishtirok etgan, ammo maqsadiga erisha olmagan. Tadbir tashkilotchilari bir necha soatdan keyin suzuvchi suvga cho‘kib ketganini anglab yetdi.