Dunyodan
Bolgariya prezidenti o‘rniga mamlakatni kim boshqarishi ma’lum bo‘ldi
Rumen Radev iste’foga chiqqanidan keyin Bolgariya prezidenti lavozimini vitse-prezident Ilyana Yotova egallaydi. Bu haqda Radev Bolgariya davlat televideniyesi tomonidan efirga uzatilgan nutqida aytdi.
“Prezident va vitse-prezident sifatidagi to‘qqiz yillik faoliyatim davomida umumiy maqsadlar yo‘lida samarali va hamjihatlikda ishlay olishimizni ko‘rsatganimni alohida ta’kidlamoqchiman. Ishonchim komilki, Ilyana Yotova davlat rahbari bo‘lishga munosibdir”, — dedi prezident.
Ilyana Yotva
Radev 18 yanvar kuni iste’foga chiqishini e’lon qildi. Siyosatchi parlamentdagi partiyalar yangi hukumat tuza olmaganidan keyin muqarrar bo‘lib qolgan navbatdan tashqari parlament saylovlarida ishtirok etishni rejalashtirganini aytdi.
O‘tgan yilning dekabr oyida Bolgariya Bosh vaziri Rosen Jelyashkov mamlakatdagi norozilik namoyishlari fonida vazirlar mahkamasidan iste’foga chiqishini e’lon qilgan edi. Bolgariya telegraf agentligining bildirishicha, voqea parlament hukumatga nisbatan ishonchsizlik votumi bo‘yicha ovoz berish arafasida sodir bo‘lgan.