Jamiyat

Bolani hojatxonadan qutqargan yigit FVV tomonidan rag‘batlantirildi

Published

on


FVV qutqaruvchilari qahramonlik ko‘rsatib inson hayotini saqlab qolgan fuqaroni rag‘batlantirishdi.

Joriy yilning 17 iyun kuni soat 14:10 da Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumani “Bunyodkor” mahallasi “Izzat” ko‘chasidagi uylarning birida yashovchi ayol hovlisidagi hojatxonaga farzandi tushib ketganligini ko‘rib, baland ovozda yordamga chaqirgan. Qo‘shnisining ovozini eshitgan qo‘shni yigit darxol hodisa joyiga yetib borib bolani bir necha soniya ichida qutqarib olib, hayotini saqlab qolgan.

Qahramonlikdan xabar topgan Toshkent viloyati FVB rahbariyati inson hayotini saqlab qolgan fuqaroga samimiy minnatdorlik bildirilib, Tashakkurnoma va esdalik sovg‘asini topshirdi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version