Sport

Bokchsi Lazizbek Mullojonov ham vaqtincha barcha musobaqalardan chetlatildi

Published

on


Jahon boks bo‘yicha mustaqil antidoping dasturiga rahbarlik qiluvchi Xalqaro test agentligi (ITA) o‘zbekistonlik bokschi Lazizbek Mullojonov namunasida taqiqlangan modda – metasteron metabolitlari bo‘yicha salbiy tahliliy xulosa kuzatilgani sabab uni sport musobaqalaridan vaqtincha diskvalifikatsiya qildi.

Qayd etilishicha, bokschi vaqtinchalik diskvalifikatsiya ustidan shikoyat qilish va uni bekor qilish huquqiga ega.

Eslatib o‘tamiz, bir muddat oldin Taekvondo bo‘yicha ikki karra Olimpiya chempioni, o‘zbekistonlik taekvondochi Ulug‘bek Rashitov antidoping qoidalarini buzganlikda aybdor deb topilib, ikki yilga diskvalifikatsiya qilingani aytilgandi. 



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version