Sport

BMT ekspertlari Isroilni xalqaro futbol musobaqalaridan chetlatishni so‘radi

Published

on


BMTning 8 nafar eksperti UEFA va FIFAga Isroil klublari va terma jamoalarini xalqaro musobaqalardan chetlatishni so‘rab murojaat qildi. Bu haqda X ijtimoiy tarmog‘ida jurnalist Xose Luis Morales yozdi.

Isroilning Falastin hududidagi xunrezliklari BMT ekspertlarini Isroilni xalqaro futboldan chetlatishga undadi, deyiladi xabarda.

Avvalroq UEFA Isroil jamoalarini o‘z shafeligidagi turnirlardan chetlatmoqchi ekani haqida ma’lumot paydo bo‘lgan edi. Agar yuqoridagi da’volar inobatga olinsa va kuchga kirsa, Isroil terma jamoasi 2026-yilgi jahon chempionati saralashidan, Tel-Avivning «Makkabi» klubi Yevropa ligasi musobaqalaridan chetlatiladi.

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi 18-sentyabrdagi bayonotida Isroil Olimpiya o‘yinlaridan chetlatilmasligini ma’lum qilgandi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version