Iqtisodiyot

«Biznes hamroh» loyihasi ishga tushiriladi

Published

on


«Tadbirkorlik sub’yektlariga davlat, professional, konsalting, moliyaviy, injiniring, marketing, media, IT va operatsion xizmatlarni kompleks ko‘rsatish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi.

Quyidagilar ushbu qarorni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar etib belgilandi:


1000 dan ortiq davlat va xususiy xizmatlarni «yagona darcha» tamoyili asosida ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish orqali tadbirkorlar faoliyatiga to‘laqonli hamrohlik qilish tizimini joriy etish;
tadbirkorlar masalalari va muammolarini eshitish, muhokama qilish va joyida hal qilishga mo‘ljallangan sifat jihatdan yangi maydoncha yaratish.

Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-martdan tadbirkorlik faoliyatiga oid davlat xizmatlari va ayrim xususiy xizmatlarni tadbirkorlarga «yagona darcha» tamoyili asosida ko‘rsatish bo‘yicha «Biznes hamroh» loyihasi amalga oshiriladi.

«Biznes hamroh» loyihasi doirasida:


Savdo-sanoat palatasi huzurida tashkil etiladigan mas’uliyati cheklangan jamiyat tomonidan boshqariladigan «Biznes hamroh» markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;
dastlabki bosqichda «Biznes hamroh» markazlari Toshkent va Nukus shaharlarida hamda viloyatlar markazlarida 1 tadan tashkil etiladi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version