Dunyodan
“Biz NATOning qulashini kuzatmoqdamiz” – alyansning sobiq bosh kotibi
NATOning sobiq bosh kotibi Anders Fog Rasmussen Yevropa davlatlarini yangi mudofaa ittifoqi tuzishga chaqirdi.
“Biz hozir koʻrayotgan narsa NATOning qulashi”, dedi u WELT nashriga bergan intervyusida.
Rasmussenning aytishicha, Yevropa o’z xavfsizligini ta’minlashga tayyor bo’lishi kerak. Uning fikricha, yangi mudofaa rejasi ishlab chiqilishi, harbiy imkoniyatlar kengaytirilishi va Ukrainani kelajakdagi xavfsizlik tizimining doimiy qismiga aylantirish kerak.
Ukraina qisqa vaqt ichida yangi qurol va o‘q-dorilarni ishlab chiqayotganini ta’kidlagan sobiq bosh kotib “Ukraina bizga Rossiyaga qarshi qalqon sifatida kerak.
Aytgancha, Anders Fog Rasmussen 2009 yildan 2014 yilgacha NATO bosh kotibi lavozimida ishlagan.