Iqtisodiyot
Birjada propan narxi oshmoqda
Suyultirilgan gazning ulgurji narxi yil boshidan beri qariyb 15 foizga, dekabr oyi boshidan buyon esa 19 foizga ko‘tarildi.
2026 yilning dastlabki 4 birja kunida propan narxi 14,7 foizga ko‘tarildi. Kun.uz e’tibor qaratgan Tovar-xomashyo birjasi ma’lumotlari shundan darak bermoqda.
O‘tgan yilning so‘nggi ish kuni – 30 dekabrdagi savdolarda suyultirilgan gazning 1 tonnasi uchun narx o‘rtacha 8 mln 87 ming so‘mni tashkil etgan.
5-8 yanvar kunlari esa narx qariyb 1,2 mln so‘mga yoki 14,7 foizga ko‘tarilib, 9 mln 277 ming so‘mgacha yetdi.
Shu 4 kun davomida sotilgan mahsulot hajmi kuniga o‘rtacha 2 ming tonnaga teng bo‘ldi. Taqqoslash uchun, 2025 yil so‘nggidagi oxirgi 4 birja kunida kuniga o‘rtacha 2390 tonnadan propan sotuvi amalga oshirilgan.
2025 yil 1-4 dekabr kunlari (dushanba–payshanba) birjada propanning o‘rtacha narxi tonnasiga 7 mln 337 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2026 yil 5-8 yanvar kunlari (dushanba–payshanba) o‘rtacha narx bundan 18,8 foizga ko‘tarilib, 8 mln 716 ming so‘mni tashkil etdi.