Mahalliy

Birja savdolarida chalg‘ituvchi vaziyatlarni yaratish taqiqlandi

Published

on


Adliya vazirligida «Qimmatli qog‘ozlar bozorida hiyla-nayrangni oldini olish» qoidalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Mazkur Qoidalar qimmatli qog‘ozlar bozorida hiyla-nayrangni oldini olish va unga yo‘l qo‘ymaslik tartibini belgilaydi.

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Qoidalarga ko‘ra, qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisiga yolg‘on (chalg‘ituvchi) vaziyatlar yaratish, shu jumladan quyidagilar taqiqlanadi:


mulkdorning o‘zgarishiga olib kelmaydigan bitimni amalga oshirish;
yolg‘on yoki boshqa bozor ishtirokchilarini chalg‘itadigan har qanday ma’lumotlarni berish va tarqatish;
uchinchi shaxslarni qimmatli qog‘ozlarni manipulyatorlar uchun qulay narxda sotib olishga (sotishga) undash maqsadida narxlarini sun’iy ravishda oshirishga/pasaytirishga, soxta yoki chalg‘ituvchi faol savdo taassurotini uyg‘otishga qaratilgan harakatlarni sodir etish.

Qimmatli qog‘ozlar savdosining tashkilotchilari va boshqa ishtirokchilar hiyla-nayrang alomatlari mavjud bo‘lganda, bu haqda vakolatli organni bitim ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran 3 kun ichida xabardor qilishi shart.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version