Jamiyat

Bir yilda avtomobillar soni 441 mingdan ko‘proqqa oshgan – statistika

Published

on


2025-yilning 1-iyul holatiga O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli 4 612,7 mingta avtotransport vositalari ro‘yxatga olingan.

Ularning asosiy qismini yengil avtomobillar (jamiga nisbatan ulushi 93 foiz) tashkil etadi.

2024-yilning mos davriga nisbatan esa avtomobillar soni 441,5 mingtaga oshgan.

Jismoniy shaxslarga tegishli avtotransport vositalarining turlari bo‘yicha soni quyidagicha:


yengil avtomobillar – 4 289,0 ming dona;
yuk avtomobillari – 302,6 ming dona;
mikroavtobuslar – 7,7 ming dona;
maxsus transport vositalari – 7,3 ming dona;
avtobuslar – 6,1 ming dona.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version