Iqtisodiyot

Bir oyda 936 ta korxona 178,7 mlrd so‘mlik soliq imtiyozidan foydalandi

Published

on


2025 yil 1 sentabrdan boshlab klasterlar, to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalari uchun uch yil muddatga ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz etib belgilangan.

Joriy yilning sentabr oyida klasterlar, to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati yo‘nalishidagi 936 ta korxona 178,7 mlrd so‘mlik imtiyozdan foydalangan.

Soliq qo‘mitasining ma’lumot berishicha, 2025 yil 1 sentabrdan boshlab klasterlar, to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalari uchun uch yil muddatga ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz etib belgilangan.

Qayd etilishicha, bu imtiyoz soliq hisobotini shakllantirishda soliq to‘lovchi tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llaniladi, ya’ni hisobchi tomonidan belgilanadi.

Qo‘mita soliq to‘lovchi imtiyozdan foydalanish yoki vaqtincha to‘xtatib turish huquqiga egaligini eslatib o‘tgan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version