Sport

«Besh yildan keyin Mbappe to‘rt yoki beshta «Oltin to‘p»ga ega bo‘ladi

Published

on


Madridning «Real» klubi sobiq sardori Serxio Ramosning fikricha, Kilian Mbappe yaqin yillarda olamshumul muvaffaqiyatlarga erishadi.

«Besh yildan keyin Mbappe xotirjam bo‘ladi, chunki ungacha u to‘rt yoki beshta «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritadi. Unda ulkan iste’dod bor,» – deya Meksikaning «Monterrey» klubi sharafini himoya qilayotgan Ramosning so‘zlarini keltiradi Madrid Universal.

Fransuz «qaymoqranglilar» safida debyut mavsumini ajoyib o‘tkazdi va 56 o‘yinda 43 ta gol urdi, ammo jamoa asosiy sovrinlardan quruq qoldi. Shunga qaramay, Ramosning so‘zlariga ko‘ra, hujumchi «Real»da muvaffaqiyatga erishishga aniq ishonadi.

Ma’lumott uchun, Kilian 2024-yilning yozida «PSJ»dan erkin agent sifatida «Real»ga o‘tgandi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version